Live
4
O'zbek

«Real» Mourinioning tarkib bo‘yicha ikki istagini amalga oshirmadi — Sport.es

Futbol
16 avgust, 06:20
Portugaliyalik mutaxassis jamoaga chap oyoqli markaziy himoyachi va universal yarimhimoyachi olib kelinishini istamoqda.
«Real» Mourinioning tarkib bo‘yicha ikki istagini amalga oshirmadi — Sport.es
Foto: Getty Images

Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi Joze Mourinio jamoaning amaldagi tarkibidan to‘liq qoniqish hosil qilmagan. «Qaymoqranglilar» portugaliyalik mutaxassisning yana ikki istagini amalga oshirmagan. Bu haqda Sport.es xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Mourinioning asosiy maqsadlaridan biri chap oyoqda o‘ynaydigan markaziy himoyachini xarid qilish. Shuningdek, murabbiy tarkibni har tomonlama foydali yarimhimoyachi bilan kuchaytirishni istamoqda.

Mourinioga «Inter» himoyachisi Alessandro Bastonining nomzodi ma’qul kelmoqda. Milan klubi 27 yoshli futbolchini 70 million yevroga baholamoqda. «Real» xuddi shunday mablag‘ni «Manchester Siti» yarimhimoyachisi Rodri transferi uchun ajratgandi. Biroq ispaniyalik futbolchining «Barselona»ga o‘tish qaroridan so‘ng Madrid klubi rejalarini qayta ko‘rib chiqishi mumkin.

Mourinio shuningdek, yozda «Atletiko»ga o‘tgan Morten Yulmann profilidagi yarimhimoyachini xohlamoqda. Mutaxassis yuqori tempdagi bahslarga bardosh bera oladigan, maydonning turli qismlarida foyda keltiradigan futbolchini jamoada ko‘rishni istamoqda.

Ma’lumot uchun, Mourinio «Real» bosh murabbiyiga aylanganidan so‘ng jamoa tarkibini shakllantirish bo‘yicha transfer siyosatini faol davom ettirmoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Real Madrid Real Madrid
Bugungi yangiliklar