Live
5
O'zbek

«Man Siti» Rodri uchun 80 mln yevro talab qilmoqda

Futbol
16 avgust, 07:10
Kelishuv yaqin kunlarda amalga oshishi kutilmoqda.
«Man Siti» Rodri uchun 80 mln yevro talab qilmoqda
Foto: Getty Images

«Manchester Siti» «Barselona»ning Rodri transferi bo‘yicha so‘nggi taklifini qabul qilmadi. Bu haqida Marca xabar berdi.

Kataloniyaliklar 30 yoshli yarimhimoyachi uchun 60 million va yana 10 million yevro bonuslar taklif qilgan. Biroq manchesterliklar bu taklifni rad etib, bonuslarni hisobga olgan holda 80 million yevro olishni xohlamoqda.

Tomonlar muzokaralarni davom ettirmoqda va kelishuvga erishish borasida optimistik kayfiyatda. Kelishuv yaqin kunlarda amalga oshishi kutilmoqda.

Avvalroq Rodri kelasi hafta «Manchester Siti» bilan mashg‘ulot o‘tkazishni rejalashtirmayotgani ma’lum qilingandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Siti Manchester Siti
  • Barselona Barselona
Bugungi yangiliklar