Live
10
O'zbek

«Yuventus» Emiliano Martines bo‘yicha «Aston Villa»ga yana murojaat qildi

Futbol
15 avgust, 11:22
Turin klubi darvozabon pozitsiyasi uchun argentinalik futbolchini asosiy nomzodlardan biri sifatida ko‘rib chiqmoqda.
«Yuventus» Emiliano Martines bo‘yicha «Aston Villa»ga yana murojaat qildi
Foto: Getty Images

«Yuventus» bugun yana «Aston Villa» darvozaboni Emiliano Martinesning vaziyati bo‘yicha Angliya klubiga murojaat qildi. Bu haqda insayder Fabritsio Romano xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, «PSJ»ning Zion Suzuki transferi barbod bo‘lganidan so‘ng «Aston Villa» yaponiyalik darvozabon bo‘yicha muzokaralarni boshlagan. Suzuki avvalroq Parij klubiga o‘tishga yaqin turgandi.

Shu bilan birga, «Yuventus» darvozabon pozitsiyasi uchun Martines, «Manchester Siti» vakili Ederson va «Tottenhem» darvozaboni Guglielmo Vikario nomzodlarini ko‘rib chiqmoqda.

Ma’lumot uchun, «Yuventus» avvalroq Martines transferidan voz kechgani haqida xabarlar tarqalgandi. Biroq Turin klubi argentinalik darvozabon masalasiga yana qaytgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Yuventus Yuventus
  • Aston Villa Aston Villa
  • Tottenhem Tottenhem
Bugungi yangiliklar