«Napoli» va Jovanni Di Lorenso shartnomani 2030 yilgacha uzaytirish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda insayder Nikolo Skira ma’lum qildi. Rasmiy e’lon yaqin kunlarda amalga oshirilishi kutilmoqda.
Ayni paytda Di Lorenso o‘tgan mavsumda olgan jarohatidan tiklanishda davom etmoqda. «Napoli» o‘tgan mavsumni A Seriya turnir jadvalida ikkinchi o‘rinda yakunlagan.
Eslatib o‘tamiz, Italiya chempionatining yangi mavsumi kelasi hafta oxirida boshlanadi. «Napoli» 1-turda safarda «Jenoa»ga qarshi bahs olib boradi.