Live
13
O'zbek

«Parij» Jonatan Devidni oʻz safiga qoʻshib olmoqchi

Futbol
15 avgust, 05:30
«Yuventus» hujumchini ijaraga berish variantini ham koʻrib chiqishga tayyor.
«Parij» Jonatan Devidni oʻz safiga qoʻshib olmoqchi
Foto: Getty Images

«Parij» «Yuventus» hujumchisi Jonatan Devidni oʻz safiga qoʻshib olmoqchi. Bu haqda Tuttosport xabar berdi.

Ma'lum qilinishicha, Turin klubi 26 yoshli kanadalik futbolchini bu yozda sotish oson bo'lmasligini tushunmoqda. Shu bois «Yuventus» Devidni keyinchalik sotib olish huquqi bilan ijaraga berish variantini ham koʻrib chiqishga tayyor.

Qayd etish lozim, Devidning «zebralar» bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilgacha mo'ljallangan. Transfermarkt portali futbolchining narxini hozirda 30 million yevroga baholamoqda.

Avvalroq Roseniar «Parij» bosh murabbiyi etib tayinlangani ma'lum qilingandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Paris FC Paris FC
  • Yuventus Yuventus
Bugungi yangiliklar