Saudiya Arabistonining "Al Qodisiya" klubi yarimhimoyachi Tiany Reyndersning transferini e'lon qildi.
Niderlandiyalik 28 yoshli futbolchi yangi jamoasi bilan qancha muddatli shartnoma imzolagani ochiqlanmagan. Biroq "Manchester Siti" Reindersning transferidan 61 million yevro ishlab oldi.
Avvalroq futbolchining o'zi esa yangi jamoasida 100 million yevrodan daromad olishi ma'lum qilingandi.
Ma'lumot uchun, Tiany o'tgan mavsumda "Milan"dan "shaharliklar" safiga kelib qo'shilgandi. Ingliz klubi safida esa barcha turnirlar doirasida 50 ta uchrashuvda maydonga tushib, 7 ta gol urgani va 8 ta assistni qayd etgandi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi