Londonning «Arsenal» klubi Viktor Gokereshni boshqa hujumchi almashtirish variantlarini o‘rganib chiqmoqda. Gap angliyalik Ayven Touni haqida ketmoqda. Futbolchi hozirda Saudiya Arabistonining «Al Ahli» jamoasi sharafini himoya qilmoqda. Jumladan, indykaila News nashrining xabar berishicha, «to‘pchilar» shvetsiyalikni angliyalik futbolchiga alishtirish bo‘yicha muhokama o‘tkazib ulgurgan.
Ma’lumot uchun, Ayven Touni «Al Ahli» safida 99 ta o‘yinda maydonga tushib, 78 ta gol urdi va 17 ta golli uzatma yetkazib berdi.
Transfermarkt portali 30 yoshli forvardning aktual transfer narxini 20 mln yevroga baholamoqda. Uning amaldagi shartnomasi 2028-yilning yozigacha mo‘ljallangan. O‘z navbatida 28 yoshli Gokereshning transfer narxi esa portalda – 65 mln yevro.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi