Mazkur sovrin uchun nomzodlar ro‘yxatiga «Al Hilol»dan Yassin Bunu, «Real»dan Tibo Kurtua, «PSJ»dan Matvey Safonov, Dortmundning «Borussiya»sidan Gregori Kobel, «Barselona»dan Joan Garsiya, «Al Ahli»dan Eduard Mendi, «Chelsi»dan Emiliano Martines, «Arsenal»dan David Rayya, Kabo-Verde milliy jamoasidan Vozinya hamda «Atletik»dan Unai Simon kiritildi.
Nominatsiya g‘olibi 26 oktyabr, dushanba kuni bo‘lib o‘tadigan 2026-yilgi «Oltin to‘p»ni topshirish marosimida e’lon qilinadi. Tadbir Londonda bo‘lib o‘tadi. O‘tgan yil yakuniga ko‘ra, mukofot «Manchester Siti» va Italiya milliy jamoasi darvozaboni Janluijji Donnarummaga nasib etgandi.

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi