«Manchester Yunayted» markaziy himoyachilari Lisandro Martines va Mattyes de Ligtning jarohati bo‘yicha vaziyatga aniqlik kiritildi.
The National News xabariga ko‘ra, klub Lisandro Martines APLning ilk turi doirasidagi «Hall Siti»ga qarshi bahsga qadar safga qaytishiga ishonmoqda. Argentina milliy jamoasi himoyachisi jahon chempionati finalida sonidan jarohat olib maydonni tark etgandi. Biroq tibbiy tekshiruvlar jarohat jiddiy emasligini ko‘rsatgan.
Ayni paytda Mattyes de Ligtning tiklanish jarayoni uzoqroq davom etadi. Manba ma’lumotiga ko‘ra, niderlandiyalik himoyachi belidagi jarrohlik amaliyotidan keyin hali to‘liq sog‘aymagan va kamida kuz fasligacha maydonga qayta olmaydi.
Ma’lumot uchun, Mattyes de Ligt o‘tgan yilning noyabr oyidan beri «Manchester Yunayted» safida maydonga tushmagan va shu sabab jahon chempionatini ham o‘tkazib yuborgan.