«Real» «RB Leypsig» vingeri Yan Diomande transferi bo‘yicha Germaniya klubi bilan kelishuvga erishdi.
Insayder Ben Jeykobsning xabariga ko‘ra, tomonlar 19 yoshli ivuarlik futbolchining transferi yuzasidan o‘zaro kelishib olgan. Avvalroq madridliklar futbolchining shaxsiy shartlari bo‘yicha ham kelishuvga erishgani haqida xabarlar tarqalgandi.
Manbaga ko‘ra, transfer summasi 90 million yevrodan oshishi mumkin.
Ma’lumot uchun, Yan Diomande 2025 yil yozidan buyon «RB Leypsig» safida to‘p tepib kelmoqda. U klub safida 36 ta bahsda maydonga tushib, 13 ta gol va 10 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Uning amaldagi shartnomasi 2030 yilgacha mo‘ljallangan.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi