Bugun
30
O'zbek

Messi «Inter Mayami»ning navbatdagi o‘yinida maydonga tusha oladimi? Murabbiy bu savolga javob berdi

Futbol
1 avgust, 02:37
MLS navbatdagi turida mayamiliklar «Kolambus Kryu» jamoasi bilan ro‘baro‘ keladi.
Messi «Inter Mayami»ning navbatdagi o‘yinida maydonga tusha oladimi? Murabbiy bu savolga javob berdi
Foto: Getty Images
01.08.2026 FT MLS USA Inter Miami CF Inter Miami CF 2 : 2 Columbus Crew Columbus Crew

«Inter Mayami» hujumchisi Lionel Messining «Kolumbus Kryu»ga qarshi MLS o‘yinida ishtirok etishi borasida noaniqliklar paydo bo‘ldi.

Jamoa bosh murabbiyi vazifasini bajaruvchi Gilermo Oyos argentinalikning bo‘lajak bahsda o‘ynashga qanchalik tayyorligi haqidagi savolga javob berar ekan, hali yakuniy qaror qabul qilinmaganini aytdi.

«U yaqindagina qaytib keldi, shuning uchun biz hali hammasini batafsil muhokama qilishga ulgurmadik. Ammo biz u va Rodrigo De Paulning yana jamoaga qaytganidan xursandmiz» - dedi Oyos o‘yin oldidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida.

Ma’lumot uchun, «Inter Mayami»-- «Kolumbus Kryu» uchrashuvi ertaga, 2-avgust kuni bo‘lib o‘tadi.

Eslatib-o‘tamiz, Messi bungacha jahon chempionatidan keyingi ta’tilda bo‘lgan va yaqinda klub ixtiyoriga qaytgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Inter Miami CF Inter Miami CF
  • Columbus Crew Columbus Crew
  • MLS USA MLS USA
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

3 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar