Bu haqda Germaniyaning Bild nashri xabar berdi.
Ispaniyaning «Real» va Germaniyaning «RB Leypsig» klublari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan muzokaralarning yangi bosqichidan keyin ham Kot-d’Ivuar milliy jamoasi vingeri Yan Diomande transferi bo‘yicha yakuniy kelishuvga erishilganicha yo‘q.
Manbaning xabariga ko‘ra, «RB Leypsig» «Real»ning 100 va 115 mln yevrolik ikkita taklifini rad etgan. Ta’kidlanishicha, nemis klubi kafolatlangan 120 mln yevro va bonuslar bilan 135 mlnga aylanishi mumkin bo‘lgan pul talab qilmoqda.
Avvalroq boshqa bir insayder Fabritsio Romano, Diomande Madridning «Real» klubi futbolchisiga aylanishi va kelishuv 100 mln yevrodan yuqori bo‘lishini ma’lum qilgandi.
Ma’lumot uchun, Diomande 2025-yildan buyon «Leypsig» sharafini himoya qilib kelmoqda. 2025/2026-yilgi mavsumda u 36 ta o‘yinda 13 ta gol urdi va 10 ta golli uzatma yetkazib berdi.
Transfermarkt portali Yanning aktual transfer narxini 90 mln yevroga baholamoqda. Futbolchining nemis klubi bilan yana 4-yillik shartnomasi bor. Ortda qolgan mundialda Diomande 4 ta o‘yinda maydonga tushdi va hisobiga 1 ta assist yozdirib qo‘ydi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi