Bu haqda The Touchline nashri xabar berdi.
Matbuot 19 yoshli ivuarlikni boshqa top-klublar, xususan, «PSJ» bilan ham bog‘lagan.
The Touchline nashrining jurnalist Romen Molinaga tayanib xabar berishicha, «PSJ» Diomande bilan kelishuv bilan bog‘liq moliyaviy talablardan cho‘chigan. Faqat shartnoma imzolash uchun bonus va komissiya to‘lovlari taxminan 20 million yevroni talab qiladi.
Avvalroq, nufuzli insayder Fabritsio Romano Yan Diomandening «Real»ga o‘tishiga shubha qilishning hojati yo‘qligini ma’lum qildi.
Transfermarkt portali Yan Diomandening aktual transfer narxini 90 million yevroga baholamoqda.