«PSJ» «Barselona» hujumchisi Ferran Torresni yozgi transferlar oynasida o‘z safiga qo‘shib olishga qat’iy bel bog‘lagan.
Sport nashri xabariga ko‘ra, Fransiya chempioni 26 yoshli futbolchiga 5 yillik shartnoma taklif qilgan va «Barselona» yangi bitim bo‘yicha taklif qilishi mumkin bo‘lgan har qanday shartni yaxshilashga tayyor.
Manbaga ko‘ra, transfer borasidagi yakuniy qarorni Ferran Torresning o‘zi qabul qiladi.
Ma’lumot uchun, Ferran Torresning «Barselona» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar amal qiladi. Avvalroq Kataloniya klubi futbolchiga sentyabr oyida yangi shartnoma taklif qilishi rejalashtirilayotgani haqida xabarlar tarqalgan.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi