Live
5
O'zbek

Lindstryom «Shalke»ga o‘tmoqda

Futbol
2 avgust, 13:07
Daniyalik yarimhimoyachi bugun tibbiy ko‘rikdan o‘tmoqda.
Lindstryom «Shalke»ga o‘tmoqda
Foto: Getty Images

Taniqli insayder Fabritsio Romanoning xabariga ko‘ra, Yesper Lindstryomning «Shalke»ga transferi bo‘yicha barcha kelishuvlarga erishildi.

«Napoli» va Germaniya klubi ijara shartnomasi bo‘yicha kelishib olgan. Bitimda 5 million yevrolik sotib olish huquqi ham ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, «Napoli» «Shalke» Bundesligada qolsa va Lindstryom belgilangan miqdorda o‘yinlarda maydonga tushsa, qo‘shimcha bonuslarga ham ega bo‘ladi.

Ma’lumot uchun, 26 yoshli daniyalik futbolchi ayni paytda tibbiy ko‘rikdan o‘tmoqda. Rasmiy e’lon yaqin soatlarda kutilmoqda.

Bugungi yangiliklar