"Yuventus" hujumchisi Dushan Vlahovich "Besiktosh"ning yiliga 10 million yevro maosh taklifini ko'rib chiqishga tayyor. Bu haqda Football Italia xabar berdi.
Serbiyalik forvard 30 iyundan buyon "Yuventus" bilan shartnomasi yakuniga yetgani sabab erkin agent maqomida. Dastlab Vlahovich A Seriya, APL va La Liga yetakchi klublaridan taklif olishni kutgan, ammo ushbu ligalardan jiddiy qiziqish bo'lmagan.
Turkiyaliklar esa shartnoma imzolagani uchun Dushanga katta bonus va uning agentiga qo'shimcha to'lov ham taklif qilmoqda. "Besiktosh" Vlahovichdan kelasi hafta oxiriga qadar javob olishni kutmoqda.
Avvalroq Dushan A Seriyaning boshqa klubiga o'tishi mumkinligi ma'lum qilingandi.