Madridning "Atletiko" klubi himoyachisi Nauel Molina faoliyatini "Roma"da davom ettiradi. Bu haqda jurnalist Matteo Moretto xabar berdi.
Manbaga ko'ra, argentinalik 28 yoshli futbolchi Rim klubi bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib olgan. Tomonlar o'rtasidagi kelishuv to'rt yilga mo'ljallangan.
Transfer bo'yicha rasmiy e'lon yaqin vaqt ichida amalga oshirilishi mumkin. Avvalroq matbuotda "Roma" Molinaning transferi uchun "Atletiko"ga taxminan 18 million yevro to'lashi haqida ma'lumotlar tarqalgan edi.
Molina "matraschilar" safida 2022 yil yozidan buyon harakat qilib kelmoqda. Ungacha argentinalik himoyachi Italiya chempionatida tajriba orttirgan — Molina ikki mavsum davomida "Udinese" sharafini himoya qilgan.