«Barselona» Rodri transferi bo‘yicha 76,5 million yevroga kelishuvga erishdi, deb yozmoqda The Athletic.
Avvalroq insayder Fabritsio Romano «Manchester Siti» Ispaniya klubining so‘nggi taklifini qabul qilgani haqida xabar bergandi.
«Siti» markaziy yarimhimoyachi uchun 60 million yevro miqdorida dastlabki to‘lovni oladi. Shuningdek, bajarilishi real deb baholanayotgan bonuslar orqali yana 11 million yevrodan ortiq mablag‘ olishi mumkin. Shuningdek, ehtimoli qiyinroq bo‘lgan yana 5,5 million yevro bonuslar bor.
Shu tariqa Premyer-liga klubi shartnomasi tugashiga 12 oydan kam vaqt qolgan 30 yoshli futbolchi uchun kamida 71,5 million yevro olishni kutmoqda.
Ispaniyalik futbolchining shartlari ham muammo bo‘lmasligi kutilmoqda, chunki kataloniyaliklar unga 4 yillik shartnoma taklif qilishgan.
Rodrining transferi «Barsa»ga qancha tushishi ma'lum qilindi
Futbol
16 avgust, 18:30
«Siti» bir yildan kamroq shartnomasi qolgan yarimhimoyachidan yaxshigina pul ishlab oladi.
Foto: Getty Images