Live
3
O'zbek

Kanselu "Barselona"ga o'tmoqda

Futbol
16 avgust, 16:11
Portugaliyalik himoyachi "Al Hilol" bilan shartnomani bekor qilish bo'yicha kelishuvga erishdi.
Kanselu "Barselona"ga o'tmoqda
Foto: Getty Images

Joau Kanselu yana "Barselona" safiga qo'shiladi.

32 yoshli himoyachi "Al Hilol" bilan shartnomani bekor qilish bo'yicha kelishuvga erishdi.

Fabritsio Romano yozishicha, portugal futbolchisiga yangi hafta boshida Ispaniyaga yo'l olishga ruxsat berilgan.

Joau iyun oyidayoq "Barselona" bilan shartnomaning barcha shartlarini kelishib olgan va endi bitimni imzolashga tayyor.

Kanselu o'tgan mavsumning ikkinchi yarmini "ko'k-anorranglilar" safida ijarada o'tkazdi. 2023/24 yilgi mavsumda ham kataloniyaliklar uni "Manchester Siti"dan ijaraga olgandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
  • Ispaniya La Ligasi Ispaniya La Ligasi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

10+ izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar