Shotlandiya milliy jamoasiga 39 yoshli Sebastian Pokonioli bosh murabbiy etib tayinlandi.
Iyun oyi boshida mutaxassis o'tgan mavsum Liga 1 chempionatini 7-o'rinda yakunlagan «Monako»dan bo'shatilgandi.
«Shotlandiya Futbol Assotsiatsiyasi Sebastian Pokoniolining Shotlandiya erkaklar milliy jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlanganini mamnuniyat bilan e'lon qiladi.
Belgiya fuqarosi 39 yoshli mutaxassis dastlabki ikki yillik shartnomani imzoladi va Shotlandiya milliy jamoasini UEFA Millatlar ligasining navbatdagi mavsumida boshqaradi.
Sebastian Evropaning eng istiqbolli yosh murabbiylaridan biri sifatida tanilgan. Asosiy jamoa bosh murabbiyi sifatidagi birinchi mavsumida u «Yunion» bilan Belgiya chempionligini qo'lga kiritdi. Klub 90 yildan keyin ilk bor chempion bo'ldi. Shuningdek, u jamoani klub tarixida birinchi marta Chempionlar ligasi guruh bosqichiga olib chiqdi va Belgiya superkubogida g'alaba qozondi.
Belgiya eng yaxshi murabbiyi deb topilganidan so'ng 2025 yilda «Monako» bosh murabbiyi etib tayinlandi», — deyiladi Shotlandiya assotsiatsiyasi bayonotida.
Milliy jamoaning sobiq bosh murabbiyi Stiv Klark shotlandlar 2026 yilgi Jahon chempionatining guruh bosqichidan chiqolmaganidan so'ng iste'fo bergandi.
Sebastian Pokonioli — Shotlandiya bosh murabbiyi
Futbol
16 avgust, 17:21
39 yoshli mutaxassis bungacha «Monako» va «Yunion Sent-Jillua» klublarini boshqargandi.
Foto: Scotland FA