Bugun
15
O'zbek

Alkantara «Liverpul»ga murabbiy sifatida qaytish haqidagi savolga javob berdi

Futbol
5 iyul, 10:01
Ispaniya milliy jamoasining sobiq yarimhimoyachisi «Liverpul»ga qaytish ehtimoli haqidagi mish-mishlarga izoh berdi.
Омонжон Тўхтамирзаев
Omonjon To‘xtamirzayev Editor
Alkantara «Liverpul»ga murabbiy sifatida qaytish haqidagi savolga javob berdi
Foto: Getty Images

Ispaniya milliy jamoasining sobiq yarimhimoyachisi Tiyago Alkantara «Liverpul» bosh murabbiyi Andoni Iraolaning yordamchisi sifatida qaytish ehtimoli haqidagi mish-mishlarga izoh berdi.

«Liverpulda ishlash varianti meni qiziqtiradimi? Yo‘q, menda bu uchun tegishli litsenziya yo‘q», — dedi Alkantara Rio Ferdinandning podkastida.

Futbolchilik faoliyati davomida Tiyago Alkantara «Barselona», «Bavariya» va «Liverpul» jamoalarida to‘p tepgan. Murabbiy yordamchisi sifatida u avvalroq Kataloniya klubida ishlagan. Bundan tashqari, futbolchi Ispaniya milliy jamoasida ham faoliyat olib borgan.

O‘tgan mavsum yakunida mersisaydliklar APL jadvalida 5-o‘rinni egalladi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Liverpul Liverpul
Bugungi yangiliklar