ESPN JCh-2026 yakunlari bo‘yicha turnir davomida kutilgan darajada o‘yin ko‘rsata olmagan futbolchilardan iborat ramziy jamoani tuzdi.
Unga Brunu Fernandesh, Neymar, Federiko Valverde, Florian Virts, Virjil van Deyk va Yozua Kimmix kabi taniqli futbolchilar ham kiritilgan.
Ramziy jamoa quyidagicha ko‘rinish oldi:
Darvozabon:
- Fernando Muslera (Urugvay).
Himoyachilar:
- Niko O'Rayli (Angliya);
- Virjil van Deyk (Niderlandiya);
- Mark Gehi (Angliya);
- Yozua Kimmix (Germaniya).
Yarimhimoyachilar:
- Skott Maktominey (Shotlandiya);
- Federiko Valverde (Urugvay);
- Kristian Pulishich (AQSH);
- Brunu Fernandesh (Portugaliya);
- Florian Virts (Germaniya).
Hujumchi:
- Neymar (Braziliya).
Qayd etish joiz, ushbu ramziy jamoa ESPN jurnalistlarining turnirdagi individual chiqishlarga bergan bahosiga asoslangan bo‘lib, futbolchilarning umumiy faoliyatini emas, aynan JCh-2026dagi o‘yinlarini aks ettiradi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi