Live
3
O'zbek

Rasman: Malang Sarr Saudiya klubiga erkin agent sifatida o‘tadi

Futbol
21 iyul, 06:30
Fransiyalik himoyachi faoliyatini Saudiya Pro-ligasining yangi ishtirokchisi «NEOM»da davom ettiradi.
Rasman: Malang Sarr Saudiya klubiga erkin agent sifatida o‘tadi
Foto: Getty Images

Fransiyalik markaziy himoyachi Malang Sarr erkin agent sifatida Saudiya Arabistonining «NEOM» klubiga o‘tishga rozilik berdi.

Insayder Fabritsio Romano xabariga ko‘ra, tomonlar barcha shartlar bo‘yicha kelishuvga erishgan va transfer yakunlangan. Futbolchi yangi jamoasi bilan shartnoma imzolashi kutilmoqda.

Manbaga ko‘ra, Sarrga Yevropaning yana beshta klubi qiziqish bildirgan. Shunga qaramay, 27 yoshli himoyachi «NEOM» loyihasini tanlashga qaror qilgan.

Shu tariqa, Saudiya Pro-ligasiga yangi qo‘shilgan «NEOM» yozgi transfer oynasidagi navbatdagi transferini amalga oshirib, himoya chizig‘ini Malang Sarr bilan kuchaytirmoqda.

Qayd etish joiz, Malang Sarr faoliyati davomida «Nitstsa», «Chelsi», «Portu», «Monako» va «Lans» kabi klublarda to‘p surgan. Endilikda u faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettiradi.

Bugungi yangiliklar