Kolumbiyalik mashhur xonanda Shakira Fransiya milliy jamoasi forvardi Kilian Mbappe bilan aloqaga chiqishda Formula-1ning yetti karra jahon chempioni Lyuis Hemiltonga murojaat qilgani haqida aytib berdi.
Ma’lumot uchun, futbolchi yakuniga yetgan jahon chempionati qo‘shig‘i uchun klipda suratga tushgan.
«Aslida voqea mana bunday bo‘lgandi: men Lyuis Hemilton Mbappe bilan do‘stligini bilardim, shuning uchun Lyuisga yozdim. Unga: «Ey, Lyuis, meni Mbappe bilan tanishtirib qo‘y», - dedim. U shunday javob berdi: «Yaxshi, hech qanday muammo yo‘q». Keyin u o‘zi, Kilian va meni umumiy chatga qo‘shdi va men Mbappega yozdim. Shunaqa gaplar», — deya Shakira so‘zlaridan iqtibos keltirdi LH News o‘zining X tarmog‘idagi sahifasida.
Eslatib o‘tamiz, Argentina jahon chempionati finalida Ispaniyaga qo‘shimcha bo‘limlarda imkoniyatni boy berdi (0:1). Yagona golga hujumchi Ferran Torres mualliflik qildi.