Live
1
O'zbek

Pirlo – Italiya milliy jamoasi bosh murabbiyi (Romano)

Futbol
24 iyul, 12:11
Yaqin vaqt ichida Andrea 2030 yilning yoziga qadar bitim imzolaydi.
Pirlo – Italiya milliy jamoasi bosh murabbiyi (Romano)
Фото: Getty Images

«Yuventus»ning sobiq ustozı Andrea Pirlo Italiya milliy jamoasini boshqaradi. Bu haqda insayder Fabrizio Romano xabar berdi.

Manbaga koʻra, u mamlakat futbol federatsiyasi bilan kelishuvga erishdi. Yaqin vaqt ichida Andrea 2030 yilning yoziga qadar bitim imzolaydi.

Avvalroq, Italiya futbol federatsiyasining yangi texnik direktori Paolo Maldini uni mazkur lavozim uchun ideal nomzod deb hisoblagandi.

Italiyalik sobiq futbolchining maoshi 1,5 mln yevrodan oshmaydi. Murabbiylik faoliyati davomida Pirlo «Yuventus», «Karagyumryuk» va «Sampdoria»da ishlashga ulgurgan, hozirda BAAning «Dubay United» klubini boshqarmoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Italiya Italiya
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

30+ izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar