«Napoli» yarimhimoyachisi Kevin de Bryuyne «Galatasaroy» qiziqishlari doirasiga tushdi. Bu haqda Tuttomercatoweb xabar berdi.
Istanbul klubi belgiyalik futbolchini tarkibni kuchaytirish uchun eng munosib variant deb hisoblamoqda. Shuningdek, jamoa ham futbolchining o'zi uchun, ham «Napoli» uchun jiddiy taklif tayyorlamoqda.
Biroq muzokaralar reglamentdagi cheklovlar sabab murakkablashmoqda. «Galatasaroy»da belgilangan yoshdan katta bo'lgan legioner uchun atigi bitta kvota mavjud va klub rahbariyati uni qay tarzda samarali ishlatish bo'yicha baholash ishlarini olib bormoqda.
Turkiya grandi «Manchester Siti» sobiq yarimhimoyachisiga yuqori maosh va 2 yillik shartnoma taklif qilib, uni Istanbulga ko'chib o'tishga ko'ndirishni rejalashtirmoqda. Qolaversa, «Napoli» ham munosib taklif tushsa, Kevinni sotish variantini ko'rib chiqishi mumkin.
Avvalroq de Bryuyne shu yozda «Napoli»ni tark etishi mumkinligi ma'lum qilingandi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi