Live
1
O'zbek

«Real» Valdepenasni «Fiorentina»ga sotdi

Futbol
1 avgust, 14:20
Madrid klubi asosiy jamoada deyarli o'ynamagan 19 yoshli himoyachini yaxshi shartlar asosida transfer qildi.
«Real» Valdepenasni «Fiorentina»ga sotdi
Foto: Fiorentina

Viktor Valdepenas faoliyatini Italiya chempionatida davom ettiradi.

«Real» 19 yoshli himoyachini «Fiorentina»ga sotdi. Transfer qiymati 8 million yevroni tashkil etdi. Shuningdek, Madrid klubi ispan futbolchining keyingi transferidan 50% ulush oladi.

Valdepenas florentsiyaliklar bilan 2031 yil yozigacha mo'ljallangan shartnoma imzoladi.

Himoyachi o'tgan mavsumda La Ligada 1 o'yinda maydonga tushgandi. «Real B» safida esa 30ta bahsda 2 ta golga assistentlik qilgandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Fiorentina Fiorentina
  • Real Madrid Real Madrid
  • Italiya A seriyasi Italiya A seriyasi
Bugungi yangiliklar