«Inter» Yann Bissek bilan shartnomani uzaytirganini rasmiy e'lon qildi.
25 yoshli himoyachi bilan tuzilgan yangi kelishuv 2031 yil 30 iyunga qadar amal qiladi.
Jurnalist Nikolo Skira ma'lumotlariga ko'ra, yangi shartnomadan so'ng germaniyalik futbolchi bonuslardan tashqari yiliga 3 million yevro maosh oladi.
O'tgan mavsumda Bissek A Seriyada 23 ta bellashuvda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va yana 1 ta golga assistentlik qildi.
Ma'lumot o'rnida, «Inter» himoyachini 2023 yili Daniyaning «Orxus» klubidan 7 million yevroga sotib olgandi.
«Inter» Bissek bilan shartnomani uzaytirdi
Futbol
29 iyul, 11:32
Germaniyalik himoyachi A Seriya chempioni safida o'ynashda davom etadi.
Foto: Inter