Live
4
O'zbek

Stounz — "Inter" futbolchisi (Romano)

Futbol
27 iyul, 23:20
"Man Siti" sobiq himoyachisi milanliklar bilan 2028 yil yoziga qadar mo'ljallangan shartnomaga imzo chekadi.
Stounz — "Inter" futbolchisi (Romano)
Foto: Getty Images

"Inter" himoyachi Jon Stounz transferini hal qildi. Bu haqda jurnalist Fabrizio Romano xabar berdi.

Angliyalik futbolchi yangi jamoasi bilan 2028 yil yoziga qadar mo'ljallangan shartnomaga imzo chekadi. Uning maoshi yiliga 4 million yevroni tashkil etadi.

Stounz tez orada milanliklar uchun tibbiy ko'rikdan o'tishi kutilmoqda. Hammayoq ijobiy yakunlanganidan so'ng transfer rasman e'lon qilinadi.

Ma'lumot o'rnida, o'tgan mavsumda Jon "Manchester Siti" safida barcha musobaqalarda 18 ta uchrashuvda ishtirok etdi. Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, futbolchining narxi 12 million yevroga baholanmoqda.

Avvalroq Stounzning "Everton"ga qaytishi mumkinligi ma'lum qilingandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Inter Inter
  • Manchester Siti Manchester Siti
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

15+ izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar