Bugun
41
O'zbek

"Ipsvich" "Byornli"dan Florentinuni sotib oldi

Futbol
6 avgust, 11:11
Portugalialik yarimhimoyachi yangi mavsumda ham APLda oʻynaydi.
"Ipsvich" "Byornli"dan Florentinuni sotib oldi
Foto: Ipswich Town

Florentinu Luish yangi mavsumni ham Angliyaning yuqori divizionida oʻtkazadi.

"Ipsvich" 26 yoshli yarimhimoyachini "Byornli"dan sotib oldi. Transfer qiymati 16 million funtni tashkil etdi. Yana 3 million funt bonuslar bor.

Portugalialik futbolchi APLga qaytgan klubi bilan 2031 yil yozigacha moʻljallangan shartnoma imzoladi.

Eʼtiborli jihati, Chempionshipga ravona boʻlgan "Byornli" Florentinuni oʻtgan yozda "Benfika"dan 24 million yevroga sotib olgandi va endi undan arzonroq transfer qildi.

Yarimhimoyachi faoliyatining katta qismini aynan lissabonliklar safida oʻtkazgan, "Monako" va "Xetafe" klublarida ham oʻynagan.

Florentinu oʻtgan mavsumda APLda 31 oʻyinda 2 ta golga assistentlik qilgandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Ipsvich Ipsvich
  • Angliya Premer-ligasi Angliya Premer-ligasi
Bugungi yangiliklar