“Real” “Leyptsig” vingeri Yan Diomande transferini e'lon qildi.
Insayder Fabrizio Romanoning yozishicha, kelishuv qiymati 125 million yevroni tashkil etdi. Bu qiymat bonuslar hisobiga 140 million yevroga yetishi mumkin. Bu — Madrid klubi tarixidagi eng qimmat transfer.
Ivuarlik 19 yoshli futbolchi “qaymoqranglilar” bilan 6 yillik shartnoma imzoladi.
Ma'lumot uchun, Diomande o'tgan mavsumda Bundesligada 33 o'yinda 12 ta gol va 8 ta assistni o'z hisobiga yozdirib qo'ygan.
Vingerga La Liga begona emas. U 2024/25 yilgi mavsumda “Leganes”da harakat qilgan.
“Real” Diomande transferini e'lon qildi
Futbol
6 avgust, 10:15
Ivuarlik vinger Madrid klubi tarixidagi eng qimmat transferga aylandi.
Foto: Getty Images
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi