Bugun
29
O'zbek

Habib faoliyatidagi eng og'ir jangni aytdi

MMA
13 avgust, 23:17
Bu Konorga qarshi to'qnashuv emas.
Habib faoliyatidagi eng og'ir jangni aytdi
Foto: Getty Images

Habib Nurmagomedov Jastin Getjiga qarshi jang uning faoliyatidagi eng og'iri bo'lganini aytdi.

«Psixologik jihatdan eng og'ir jang Konorga qarshi bo'lgan, ammo undan keyin Getjiga qarshi jang yanada qiyin kechdi. Avvalo, otamdan ayrilganim sababli o'zimni qo'lga olish qiyin bo'ldi. Hammaga bir vaqtning o'zida sodir bo'ldi.

Otam vafot etdi, usiz tayyorgarlik ko'rdim. Axir men aynan u inson uchun shug'ullanar edim va chempion bo'lishni xohlardim.

Tayyorgarlik yig'ini ham jarohatlar ustiga jarohatlar bilan o'tdi. Hali hech kim bu mening so'nggi jangim bo'lishini bilmasdi. O'zim esa bu yerda faoliyatimga nuqta qo'yishim kerakligini bilardim. Agar yana jarohat olganimda, bularning barchasidan o'tish juda og'ir bo'lardi. Onam ham yana shu azoblarni boshdan kechirishga to'g'ri kelardi… Faoliyatimga nuqta qo'yishni xohladi»,
— dedi Nurmagomedov Lex Fridman podkastida.

Nurmagomedov 2020 yilda Getjini sabmishn orqali mag'lub etgan. Jangdan so'ng Habib faoliyatini yakunlaganini e'lon qilgan.

Bugungi yangiliklar