Bugun
29
O'zbek

Mirjalol Qosimov: «Bu olti ochkolik oʻyin edi»

Eksklyuziv
13 avgust, 23:51
OKMK ustozi «Buxoro»ga qarshi bahsdan soʻng fikrlarini bildirdi.
Mirjalol Qosimov: «Bu olti ochkolik oʻyin edi»
Фото: ОКМК

Superliganing 17-turida «Buxoro» klubi OKMKni qabul qildi va 2:0 hisobida ustunlikka erishdi. Olmaliqliklar bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov esa mag'lubiyat bilan yakunlangan uchrashuv borasida fikrlarini aytib oʻtdi.

— Oʻyin haqida nima deyishim mumkin? Qiziqarli tarzda kechdi. Jadvalda ham bir-birimizga yaqin edik, u kutilgan hol. Lekin buning uchun gol urish kerak va bundan oldin ham aytib oʻtgan edim: juda ham oddiy gollarni oʻtkazib yuboryapmiz. Endi uchrashuvga keladigan boʻlsak, bu olti ochkolik oʻyin edi. Yigitlarga ham taʼkidlab oʻtgan edim. «Buxoro»ni tabriklaymiz. Keyingi oʻyinlarga tayyorgarlik koʻramiz.

Bu oʻyin davomida beshta vaziyatimiz boʻldi. 0:0 paytida ham oʻsha vaziyatlar holati juda ham yaxshi edi, gol urishda foydalana olmadik. Vaziyat yaratibmiz, gollarni qiyinchilik bilan amalga oshiryapmiz, oddiy vaziyatlarda esa gol oʻtkazyapmiz. Hozir yechinsh xonasida ham aytdim: yutish uchun gol urish kerak.

— Birinchi boʻlimdan soʻng darvozabon boʻyicha boshqa qaror boʻlganmi?

—Birinchi boʻlimda oddiy xatolardan boshlandi. Shu toʻpni boshlashda, qoʻldan tashlashda ikki marta, keyin oʻrtaga oshirishi... Qanaqadir tushunarsiz holat, ishonchsiz chiqdi-da va golli vaziyatda ham unaqa juda, anavi nima deydi, ogʻir vaziyat emas, edi-da. Bemalol qoʻli bilan ushlaydigan vaziyat edi, shuni koʻrib turdim. Oʻshaning uchun ham balki, yaxshi uxlamagandir, oʻyinga jiddiy tayyorgarlik koʻrmagandir. Buning sababini bilmaymiz-da, endi. Keyinchalik, hali oʻyinni boshqatdan oʻrganib chiqqanimizda, yigitlar bilan gaplashib, oʻshanda bilamiz», - deya Qosovning soʻzlarini keltiradi Tribina.uz jurnalisti.

Bugungi yangiliklar