Ispaniya hakamlar qo'mitasi (CTA) ma'lum qilishicha, mamlakatda UEFA musobaqalaridagi kabi futbolchi suhbat vaqtida og'zini qo'li bilan berkitgani uchun qizil kartochka olmaydi.
CTA ham, UEFA ham futbolchi nima deganini yoki nima deyishi mumkinligini aniq bilmasdan turib, uni maydondan chetlatish mumkin emas, deb hisoblaydi.
Raqibga og'zini berkitgan holda murojaat qilgan futbolchilarni chetlatish qoidasi Jahon chempionati boshlanishidan oldin joriy etilgandi. Bunga Chempionlar ligasida "Real" hujumchisi Vinisius Junior va "Benfika" vingeri Gianluca Prestianni o'rtasida yuz bergan mojaro sabab bo'lgan.
2026 yildagi mundial davomida og'zini yopib gapirgani uchun ikki futbolchiga qizil kartochka ko'rsatildi: Paragvaydan Migel Almiron va Ekvadordan Piero Hinkapi.
La Ligada og'zini yopib gapirgani uchun qizil kartochka ko'rsatilmaydi
Futbol
14 avgust, 01:43
Ispaniya ham xuddi UEFA kabi Jahon chempionatida qo'llangan qoida qabul qilmadi.
Foto: Getty Images
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi