Bugun
29
O'zbek

"Barselona" markaziy himoyani kuchaytirish uchun 3 futbolchiga qiziqmoqda

Futbol
14 avgust, 02:50
Ularning ikkisi La Ligada o'ynaydi.
"Barselona" markaziy himoyani kuchaytirish uchun 3 futbolchiga qiziqmoqda
Foto: Getty Images

"Barselona" ayni paytda uch nafar markaziy himoyachiga qiziqish bildirmoqda. Kataloniyaliklar asosan chap oyoqli futbolchilarni kuzatib boryapti. Bu haqda Sport.es xabar berdi.

Manbaga ko'ra, "ko'k-anorranglilar" qiziqish bildirayotgan eng mashhur futbolchi — Bilbaoning "Atletik" klubi himoyachisi Emerik Laport. U 2026 yildagi Jahon chempionatida Pau Kubarsi bilan birga Ispaniyaning markaziy himoyasida harakat qilgan.

Shuningdek, Kataloniya klubi "Leyptsig" himoyachisi Kastello Lukebani ham kuzatmoqda. Uning shartnomasida 80 million yevro miqdorida tovon puli ko'rsatilgan, ammo "buqalar" 23 yoshli futbolchini bundan arzonroq narxga sotishi mumkin.

"Barselona"ga "Betis" himoyachisi Natan ham qiziq. Uning shartnomasidagi tovon puli ham 80 million yevroni tashkil etadi, biroq klub futbolchini arzonroq narxga qo'yib yuborishga tayyor. Avvalroq futbolchining agenti "ko'k-anorranglilar" tomonidan qiziqish borligini ma'lum qilgandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
  • Ispaniya La Ligasi Ispaniya La Ligasi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

4 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar