«Kristal Pelas» 21 yoshli isroillik futbolchi Anan Xalailining «Yuion Sent-Jilluaz»dan transferini rasman e’lon qildi. Futbolchi bilan 2031 yilgacha mo‘ljallangan shartnoma imzolandi. Kelishuv xalqaro ruxsatnoma olinganidan so‘ng kuchga kiradi.
Xalaili qanot himoyachisi va vinger pozitsiyalarida o‘ynay oladi. Xayfada tug‘ilgan futbolchi professional faoliyatini mahalliy «Makkabi» klubida boshlagan. 2024 yil yozida u «Yuion Sent-Jilluaz»ga ko‘chib o‘tdi.
Xalaili 2025 yilda belgiyalik klubga 90 yil ichidagi ilk mamlakat chempionligini qo‘lga kiritishda yordam berdi. U Chempionlar ligasida 3 ta gol urgan. O‘tgan mavsumda esa jamoasi bilan Belgiya kubogini ham qo‘lga kiritdi.
Xalaili Isroil milliy jamoasi safida 16 ta bahsda maydonga tushgan. U «Kristal Pelas»ning ushbu yozdagi beshinchi yangi futbolchisiga aylandi.
Transfermarkt ma’lumotiga ko‘ra, transfer summasi 24,5 million yevroni tashkil qilgan.
Eslatib o‘tamiz, Xalaili avvalroq «Inter»ga o‘tishi kerak edi, biroq transfer futbolchining tibbiy ko‘rigiga oid Italiya ligasi talablari sabab amalga oshmay qolgandi.