Ispaniya milliy jamoasi hujumchisi Ferran Torres "Barselona"dan "PSJ"ga o'tgani haqida fikr bildirdi.
"PSJ" kabi katta maqsadlarga ega klubda yangi sarguzasht boshlayotganimdan xursandman. Menga imkoniyat taqdim etgani uchun klub prezidenti Nosir Al Hilayfiy, Luyish Kampush va bosh murabbiy Luis Enrikega minnatdorchilik bildiraman.
Jamoaga imkon qadar ko'proq sovrinlarni qo'lga kiritishda yordam beraman degan umiddaman", — dedi Torres.
Ma'lumot o'rnida, Ferran 2022 yilning yanvar oyidan beri "Barselona" sharafini himoya qilib kelayotgan edi. Ushbu davr mobaynida hujumchi barcha turnirlarda 207 ta o'yinda maydonga tushib, 65 ta gol urdi va 23 ta assist amalga oshirdi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi