«Arsenal» hujumchisi Gabriel Martinelli «Galatasaroy»ga o‘tish variantini istamayapti. Bu haqda The Athletic jurnalisti Devid Ornshteyn X ijtimoiy tarmog‘ida xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, London klubi turk jamoasidan Martinelli uchun 45 million yevrolik taklif olgan. Biroq braziliyalik futbolchini faoliyatini «Galatasaroy»da davom ettirish varianti qiziqtirmayapti.
Martinellining «Arsenal» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil yozigacha mo‘ljallangan bo‘lib, unda kelishuvni yana bir mavsumga uzaytirish bandi mavjud.
Ma’lumot uchun, 25 yoshli Martinelli 2019 yildan buyon «Arsenal» safida to‘p tepmoqda. U klub tarkibida barcha turnirlarda 278 ta bahsda maydonga tushib, 62 ta gol urgan va 36 ta golli uzatmani amalga oshirgan.