«Barselona» Pedrining yangi jarohat olgani haqidagi xabarlarga oydinlik kiritdi. Ispaniyalik yarimhimoyachi 13 avgust kuni Ispaniya milliy jamoasi futbolchilari bilan birga klub bazasiga qaytgan, biroq jamoaviy mashg‘ulotlarda ishtirok etmagandi.
Shundan so‘ng futbolchi yangi jarohat olgani va «Barselona»ning mavsum boshidagi tarkibidan joy olmasligi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi.
Biroq klub bu ma’lumotlarni rad etdi. «Barselona» rasmiy X sahifasida Pedrining suratini e’lon qilib, futbolchi mavsumoldi tayyorgarlikning dastlabki kunlarida maxsus dastur asosida shug‘ullanayotganini ma’lum qildi.
«Pedri mavsumoldi tayyorgarlikning dastlabki kunlarida maxsus tayyorgarlik dasturi asosida ishlamoqda», — deyiladi klub xabarida.
Ma’lumot uchun, «Barselona» yangi mavsumdagi ilk bahsini 19 avgust kuni «Spotify Kamp Nou» stadionida Misrning «Al Ahli» klubiga qarshi Joan Gamper kubogi doirasida o‘tkazadi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi