"Chelsi" muxlislari jamoaning o‘z uyida "Real Sosedad"ga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi oldidan Entso Fernandesning nomi e’lon qilinganda yarimhimoyachini hushtakbozlik bilan qarshi olishdi.
Qayd etish lozim, "Manchester Siti" argentinalik futbolchining transferi uchun 120 million yevro taklif qilgan. Biroq "Chelsi" uni sotishdan 140 million yevro ishlab olishni xohlamoqda.
Ma’lumot o‘rnida, Fernandes 2023 yil yanvar oyidan buyon London jamoasida o‘ynab kelmoqda. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2032 yil yozigacha mo‘ljallangan.
Avvalroq "Chelsi" Entso Fernandes transferi bo‘yicha muzokaralar uchun so‘nggi muddatni belgilagani ma’lum qilingan edi.