«Milan» hujumchisi Rafael Leau Transfer News Live akkauntining X ijtimoiy tarmog‘idagi xabariga munosabat bildirdi. Unda «rossoneri» bosh murabbiyi Ruben Amorim portugaliyalik futbolchining jamoaga salbiy ta’siridan xavotirda ekani yozilgan. Akkaunt ushbu ma’lumotni Italiyaning La Gazzetta dello Sport nashriga asoslangan holda e’lon qilgan.
«Balki bu sen yolg‘on gapirayotganing uchundir», — deb yozdi Leau.
Avvalroq, may oyida 27 yoshli hujumchi yozgi transfer oynasida «Milan»ni tark etish niyatida ekanini bildirgandi. So‘nggi haftalarda OAV «Galatasaroy»ning portugaliyalik futbolchiga qiziqishi haqida xabar bermoqda.
Ma’lumot uchun, Leauning «Milan» bilan amaldagi shartnomasi 2028 yil yozigacha mo‘ljallangan.