«Liverpul» o'rtoqlik bellashuvida «Monako»ga qarshi o'ynab, 3:2 hisobida mag'lub bo'ldi.
«Enfild» stadionida o'tkazilgan bahsda mezbonlar hisobni 16-daqiqada Aleksandr Isakning golidan so'ng hisobni ochdi. 29-daqiqada Florian Virts mersisaydliklarning ikkinchi golini urdi.
Biroq birinchi bo'lim yakunida «Monako» hisobdagi farqni qisqartirdi. 44-daqiqada Aleksandr Golovin penaltidan hisobni qisqartirdi. 56-daqiqada Mika Bieret muvozanatni tikladi. 88-daqiqaga kelib, Brunner monegasklarning g'alaba goliga mualliflik qildi.
O'rtoqlik o'yini
Liverpul – Monako 2:3
Gollar: Isak 16, Virts 29 – Golovin 44 penalti, Bieret 56, Brunner 88
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi