Live
1
O'zbek

Amorim «Milan» transferlari haqida: «Bizning aniq rejamiz bor»

Futbol
16 avgust, 04:49
«Rossoneri» bosh murabbiyi klubning transfer bozoridagi siyosati haqida gapirdi.
Amorim «Milan» transferlari haqida: «Bizning aniq rejamiz bor»
Foto: Gettyimages

«Milan» klubi bosh murabbiyi Ruben Amorim klubning transfer bozoridagi harakatlari haqida gapirdi.

Shanba kuni milanliklar o‘rtoqlik bahsida portugaliyalikning sobiq jamoasi – «Manchester Yunayted»ni (4:2) mag‘lubtiyatga uchratishdi. Jurnalistlar mutaxassisga transfer oynasi yopilgunga qadar rahbariyatdan yangi transferlar so‘rashi borasida savol bilan yuzlanishdi.

«Bizning aniq rejamiz bor va nafaqat qisqa muddatli, balki uzoq kelajakda ham to‘g‘ri, foydali bo‘ladi deb o‘ylagan qarorlarni qabul qilyapmiz. Ko‘ramiz, natija qanday bo‘ladi. Rahbarning qo‘llab-quvvatlashidan juda ham mamnunman, ammo bu yerda ish birgina o‘zim bilan bitmaydi», – deya Amorim so‘zlaridan iqtibos keltirdi Milan Posts.

Eslatib o‘tamiz, 23-avgust kuni «Milan» A Seriya yangi mavsum 1-turi doirasida safarda «Torino»ga qarshi maydonga tushadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Milan Milan
Bugungi yangiliklar