Live
1
O'zbek

Maxachev MMAdagi g‘alabalar soni bo‘yicha Habibga yetib oldi

MMA
16 avgust, 01:36
Rossiyalik sportchi faoliyatidagi 29-g‘alabasini nishonladi.
Maxachev MMAdagi g‘alabalar soni bo‘yicha Habibga yetib oldi
Foto: Gettyimages

Islom Maxachev professional MMAdagi 29-g‘alabasini qo‘lga kiritib, bu ko‘rsatkich bo‘yicha sobiq UFC chempioni Habib Nurmagomedov bilan tenglashib oldi. UFC 330 turnirida rossiyalik sportchi Yan Gerrini hakamlarning yakdil qarori bilan mag‘lubiyatga uchratdi.

Endilikda Maxachevning professional rekordi 29 g‘alaba va bitta mag‘lubiyatdan iborat. Habib esa faoliyatini 29-0 natijasi bilan yengilmas jangchi sifatida yakunlagan.

Gerri bilan jang Maxachev uchun yarim o‘rta vazn toifasiga o‘tganidan keyingi ikkinchi to‘qnashuv bo‘ldi. Rossiyalik chempionlik kamarini divizion reytingida birinchi o‘rinda borayotgan raqibini mag‘lub etib, muvaffaqiyatli himoya qildi.

Ta’kidlash joiz, Islom va Habib bolaligidan birga shug‘ullangan va 2020-yilda vafot etgan murabbiy (Habibning otasi) Abdulmanap Nurmagomedovning shogirdlari hisoblanadi.

Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

5+ izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar