Live
1
O'zbek

Spens «Inter» tarixidagi eng qimmat beshinchi himoyachiga aylandi

Futbol
15 avgust, 23:57
Milanliklar «Tottenhem» himoyachsini o‘z safiga qo‘shib oldi.
Spens «Inter» tarixidagi eng qimmat beshinchi himoyachiga aylandi
Foto: Gettyimages

Milanning «Inter» klubi «Tottenhem»ning angliyalik himoyachisi Jed Spensni o‘z safiga ko‘shib oldi.

Transfer shanba kuni rasmiylashtirldi. Kelishuv narxi 30 mln yevroga baholanmoqda.

Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, angliyalik futbolchi «neradzurri» tarixidagi 5-eng qimmat himoyachiga aylandi. Undan oldinda faqatgina Ashraf Hakimi (43 mln yevro), Alessandro Bastoni (40,7 mln), Milan Shkrinyar (34 mln) va Benjamen Pavar (32,4 mln) bor.

Ta’kidlash lozim, o‘sha Transfermarkt portali Jed Spensning aktual transfer narxini 40 mln yevroga baholamoqda. Angliya milliy jamoasining 26 yoshli futbolchisi A Seriya grandi bilan 2031-yilgacha mo‘ljallangan shartnoma imzoladi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Tottenhem Tottenhem
  • Inter Inter
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

3 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar