«Manchester Yunayted» himoyachisi Harri Maguayr «Barselona»dagi ijara davridan so‘ng jamoaga qaytgan Markus Reshford haqida fikr bildirdi.
«Reshford «Manchester Yunayted»da qolishiga umid qilamiz, chunki u biz uchun jiddiy kuchayish bo‘ladi. U bizga albatta yordam beradi. Raqiblar uchun katta xavf tug‘diradi. Men Markus bilan uzoq vaqt birga o‘ynaganman va nima haqida gapirayotganimni yaxshi bilaman», — dedi Maguayr, jurnalist Saymon Stoun so‘zlarini keltirmoqda.
Ma'lumot uchun, 28 yoshli Reshford «Manchester Yunayted» tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U klub safida jami 426 ta bahsda maydonga tushib, 138 ta gol urgan va 79 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Eslatib o'tamiz, vinger o‘tgan mavsumni «Barselona»da ijara asosida o‘tkazib, 49 ta bahsda 14 ta gol va 14 ta assist qayd etdi.