Italiya milliy jamoasi sobiq hujumchisi Alessandro Del Pyero «Parij» safidagi mavsumdan so‘ng butsalarini mixga ilgan Chiro Immobile faoliyatini yakunlaganiga munosabat bildirdi.
«Qanday faoliyat, Chiro! Gollarga, fidoyilikka va g‘alabaga bo‘lgan ishtiyoqqa boy aqlbovar qilmas faoliyat. Seni chin qalbimdan qutlayman, to'purar», — deya Del Pyeroning so'zlarini cittaceleste.it nashri keltirdi.
Eslatib o‘tamiz, Immobile faoliyati davomida to‘rt marta A Seriyaning eng yaxshi to‘purari bo‘lgan.