Bugun
17
O'zbek

Opta superkompyuteri Germaniya — Kot-d'Ivuar uchrashuvi favoritini aniqladi

Futbol
20 iyun, 15:13
Tahlillarga ko‘ra, nemislar bahsda ustunroq imkoniyatga ega.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
Opta superkompyuteri Germaniya — Kot-d'Ivuar uchrashuvi favoritini aniqladi
Foto: Getty Images
20.06.2026 FT Jahon chempionati (JCH-2026) Germaniya Germaniya 2 : 1 Kot-d’Ivuar Kot-d’Ivuar

Opta superkompyuteri JCH-2026 guruh bosqichining 2-turidan o‘rin olgan Germaniya va Kot-d'Ivuar milliy jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv uchun prognozini e’lon qildi.

25 mingta simulyatsiya natijalariga ko‘ra, Germaniya terma jamoasi bahs favoriti sifatida ko‘rilmoqda.

Hisob-kitoblarga ko‘ra:

Germaniya g‘alabasi ehtimoli — 44,2%
Durang ehtimoli — 25,7%
Kot-d'Ivuar g‘alabasi ehtimoli — 30,1%

Shu tariqa, Opta nemislarning g‘alaba qozonish imkoniyatini yuqoriroq baholagan bo‘lsa-da, afrikaliklar ham jiddiy qarshilik ko‘rsatishi kutilmoqda.

Uchrashuv Kanadaning Toronto shahridagi «BMO Field» stadionida bo‘lib o‘tadi. Bahsni paragravaylik hakam Xuan Gabriel Benites boshqaradi.

Eslatib o‘tamiz, 1-turdan so‘ng har ikki jamoa ham 3 ochkodan jamg‘argan. Qo‘shimcha ko‘rsatkichlarga ko‘ra Germaniya E guruhi peshqadami bo‘lib turibdi, Kot-d'Ivuar esa ikkinchi o‘rinni egallab turibdi.

3-turda Germaniya Ekvadorga qarshi maydonga tushadi, Kot-d'Ivuar esa Kyurasao bilan bahs olib boradi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Germaniya Germaniya
  • Kot-d’Ivuar Kot-d’Ivuar
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar