«Chelsi» va «Strasburg»ning sobiq bosh murabbiyi Liam Roseniоr «Parij» bilan muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda insayder Fabrizio Romano xabar berdi.
Manba ma'lumotiga ko'ra, angliyalik mutaxassis tez orada «Parij» bilan ikki yillik shartnoma imzolaydi.
Ayni paytda tomonlar bir mavsumga uzaytirish imkoniyatiga oid tafsilotlarni muhokama qilmoqda.
Liam bosh murabbiy lavozimida fransiyalik Antuan Kombuareni almashtirishi kutilmoqda.
Uning qo'l ostida klub Fransiya chempionatida 11-o'rinni egallagan edi. Klub ligada qolganiga qaramay, parijliklar rahbariyati mutaxassis bilan keyingi hamkorlik bo'yicha kelisha olmadi.
Eslatib o'tamiz, Roseniоr aprel oyida qoniqarsiz natijalar fonida «Chelsi»ni tark etgandi.