"Barselona" va Ispaniya milliy jamoasi yarimhimoyachisi Mark Kasado "Beşhiktosh"ga o'tishi mumkin. Bu haqda Sport nashri xabar berdi.
Manba ma'lumotiga ko'ra, Turkiya klubi sport direktori Eduard Graf La Masiya katta muxlisi hisoblanadi va akademiya bitiruvchilarini kuzatib boradi.
"Beşhiktosh"ning transfer maqsadlaridan biri Kasadodir. Klub 22 yoshli futbolchining agenti Jorge Mendesh bilan allaqachon bog'langan.
Shuningdek, unga "Milan" ham qiziqish bildirgan. "Rossoneri" rahbariyati uni "Napoli" hujumchisi Rasmus Hoylundga muqobil variant sifatida ko'rib chiqqan, uning transferi hozirda qiyinlashgan.